Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:

Badalov Qodir Abdumalik o‘g‘li

Fakultet dekani

Badalov Qodir Abdumalik o‘g‘li

E-pochta: kr.badalov@samdpi.uz
Telefon raqam: +99893 239-31-37
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:

  • Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;

  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish;

  • Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

  • Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;

  • Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;

  • Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;

  • Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;

  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.

Bilishi kerak:

  • Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar;

  • Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;

  • Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari;

  • Institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.

Malaka talablari:

• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;

• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;

• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;

• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.

1993-yil 18-aprelda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

  • 2012-2016 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 2016-2018 yy. – Samarqand davlat universiteti magistranti;
  • 2016-2018 yy. – Samarqand shahar 31-umumiy o‘rta talim maktabi fizika fani o‘qituvchisi;
  • 2018-2019 yy. – Samarqand davlat universiteti «Nazariy fizika va kvant elektronika» kafedrasi assistenti;
  • 2019-y             – Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti uslubchisi;
  • 2020-2022 yy. – Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti tayanch doktoranti;
  • 15.01.2022 dan – № FZ-20200929385 raqamli “Eynshteyn tenglamalarining Qora tuynuklar (Black Holes) va Yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi yechimlari” mavzusidagi fundamental loyiha kichik ilmiy xodimi;
  • 13.12.-21.02.23 – Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti «Nazariy fizika va kvant elektronika» kafedrasi assistenti;
  • 02.2023-08.2023 – Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti «Nazariy fizika va kvant elektronika» kafedrasi laboranti;
  • 2023-2024 yy. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Fizika-astronomiya kafedrasi assistenti;
  • 2024-2025 yy. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Fizika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
  • 2025-2026 yy. – Samarqand davlat pedagogika instituti Fizika kafedrasi mudiri.
  • 14.09.2026-h.v. – Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi dekani vazifasini bajaruvchi.
# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling