Call-center
Samarqand davlat pedagogika institutida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun “Call-markaz” hamda “Maslahat markazi” tashkil etildi.
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor va sifatli javob berish maqsadida Samarqand davlat pedagogika institutida “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
☎️ Call-markaz va Maslahat markazi telefon raqamlari:
+998 95 826 82 15
+998 95 826 82 17
+998 95 826 82 19
🗓 Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bugun — 5-iyun sanasidan boshlandi.
📄 Arizalar onlayn tarzda my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
⏳ “Call-markaz” va “Maslahat markazi”ning ish vaqti:
09:00 dan 17:00 gacha.
Abituriyentlar va ota-onalar qabul jarayoniga oid barcha savollari bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Qabul komissiyasi