Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:

Ashurov Mahmud Shahobovich

Fakultet dekani

Ashurov Mahmud Shahobovich

E-pochta: maktabgacha.va.boshlangich.uzfi@gmail.com
Telefon raqam: +998 99 595 95 54
Qabul kunlari: Dushanba-shanba soat 08:00 dan 16:00 gacha
Manzil: Samarqand shahar Spitamen shoh 166 uy

Ko'proq ma'lumot

Fakultet dekani lavozim vazifalari:
Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash, o‘quvuslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini taʼminlash;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi taʼlim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini taʼminlash;
Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish; 127
Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Oliy taʼlim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
Turdosh oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha taʼlim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida “Markaz”, “Kurs” va sh.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini taʼminlash; ·Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish. Bilishi kerak: Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqboli rejalarini bilishi; Malaka talablari:
Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur

Ashurov Maxmud Shaxobovich 1982 yil 27-yanvarda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan.

  • 2002-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

  • 2006-2007 yy. - Tayloq pedagogika kolleji o‘qituvchisi

  • 2007-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

  • 2009-2012 yy. - Tayloq pedagogika kollejida musiqa bo‘lim boshlig‘i

  • 2012-2017 yy. - Tayloq pedagogika kolleji ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

  • 2017-2019 y y. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi raisi

  • 2019-2021 y y.- Samarqand davlat universiteti sanatshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari

  • 2019-2021 y y.- Sharoof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti  san’atshunoslik fakul’teti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

  • 2022- 2024 y.y.- O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti  san’atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

  • 2024-2025 y.y- O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti  Aniq va amaliy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

  • 2025 - x.v .- Samarqand davlat pedagogika instituti  pedagogika fakulteti dekani

# Nomi Darajasi Chop etilgan sana Yukalsh
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling