Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

          Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorlikda "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta'lim)" mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini beruvchi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturiga qabul e'lon qiladi.
        Dastur kunduzgi ta'lim shaklida tashkil etilib, magistrantlar birinchi o‘quv yilini Samarqand davlat pedagogika institutida, ikkinchi o‘quv yilini esa Belarus davlat pedagogika universitetida tahsil oladilar. Dastur yakunida bitiruvchilarga har ikki oliy ta'lim muassasasining diplomlari beriladi.
       Qo‘shma magistratura dasturi zamonaviy ta'lim standartlari asosida tashkil etilgan bo‘lib, magistrantlarga xalqaro tajriba, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ta'lim jarayonida bilim olish imkoniyatini yaratadi.
       Dasturga bakalavriat bosqichini tamomlagan nomzodlar qabul qilinadi. Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi. Qabul kvotasi 25 nafar (to‘lov-kontrakt asosida) bo‘lib, saralash suhbat asosida amalga oshiriladi.
       Hujjat topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 25-avgust.

Ariza yuborish

 

25
Qabul kvotasi
20
Arizalar soni

Samarqand davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.

Hujjatlar qabuli davom etmoqda !

📞 Telefon: +998 95 826 82 20
📲 Telegram: @khamidzodaB

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling