Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

    Samarqand davlat pedagogika instituti Tillarni o'qitish xalqaro universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda "Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)" mutaxassisligi bo'yicha Magistr darajasini beruvchi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturiga qabul e'lon qiladi. Tahsil to'liq ingliz tilida, kunduzgi shaklda olib boriladi: talabalar birinchi yilni Samarqand davlat pedagogika institutida, ikkinchi yilni esa Janubiy Koreyada o'qishadi. Dasturni tamomlagan bitiruvchilar bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'lim muassasasining diplomiga ega bo'lishadi. Xalqaro standartlarga asoslangan ta'lim, xorijiy professor-o'qituvchilar ishtirokidagi zamonaviy o'quv jarayoni va ilmiy muhit talabalarga xalqaro akademik faoliyatni davom ettirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo'lish imkonini beradi. Dasturga bakalavriatni tamomlagan va ingliz tilini kamida B2 darajada bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar qabul qilinadi; qabul kvotasi 10 nafar (to'lov-kontrakt asosida) bo'lib, saralash suhbat asosida o'tkaziladi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 25-avgust.       

Ariza yuborish
10
Qabul kvotasi
15
Arizalar soni

Samarqand davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.

Hujjatlar qabuli davom etmoqda !

📞 Telefon: +998 95 826 82 20
📲 Telegram: @khamidzodaB

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling