Samarqand davlat pedagogika instituti Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini beruvchi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturiga qabul e’lon qiladi.
Dastur rus tilida gibrid (onlayn va oflayn) shaklda amalga oshiriladi. Talabalar dastlabki uch yil Samarqand davlat pedagogika institutida, yakuniy bir yilni esa Belarus Respublikasida tahsil oladilar.
Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilarga har ikki oliy ta’lim muassasasining davlat namunasidagi diplomlari bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xalqaro professor-o‘qituvchilarning ishtiroki hamda akademik mobillik imkoniyatlari orqali talabalar xalqaro ta’lim tajribasiga ega bo‘lib, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanadilar.
Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi. Hujjatlar 2026-yil 25-avgustga qadar qabul qilinadi.
Samarqand davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.
Hujjatlar qabuli davom etmoqda !
📞 Telefon: +998 95 826 82 20
📲 Telegram: @khamidzodaB