Buxgalteriya
Usmonov Xoshim Asomiddinovich
Vazifalari
-
O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
-
Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish xaqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
-
Hisob varaqalarda aktivlarning xolatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning xolati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
-
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
-
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
-
Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
-
Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
-
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
-
Ish xaqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
-
Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
-
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
-
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
-
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini urnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni uz muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
-
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
-
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
-
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
-
Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.