Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Obuna bo'ling:
E'lonlar
Aniq fanlar oliy pedagogika maktabi lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi

2026-08-29
30

Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq fanlar oliy pedagogika maktabi dekani, dekan o‘rinbosari hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat 2026-yil 2-sentabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Shuningdek, Aniq fanlar oliy pedagogika maktabi dekani va dekan o‘rinbosarlari lavozimlariga munosib nomzodlarni aniqlash va saralash maqsadida e’lon qilingan tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish muddati 2026-yil 31-avgustga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Suhbat shartlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni topshirish talablari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdzRm8Ft_VYyQvh95nNDnEdha2mAxGov67WKFJQC5X8xchQyA/viewform?usp=dialog 

Suhbat jarayonida tanlov uchun hujjat topshirgan nomzodlar tomonidan “Institut transformatsiyasiga qo‘shadigan hissam: 5 yillik strategik rivojlanish dasturi” mavzusida taqdimot o‘tkaziladi.

Nomzodlarning strategik taqdimotlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

1. Oldingi ish tajribasi va erishilgan natijalar

  • Nomzodning avvalgi ish tajribasi;
  • boshqaruv va akademik faoliyatdagi yutuqlari;
  • ilmiy nashrlari, loyihalari va tashabbuslari;
  • taqdimotda ilgari surilgan takliflarni avval amaliyotda muvaffaqiyatli amalga oshirganini tasdiqlovchi natijalar.

2. Mavjud holat va muammolarni tahlil qilish

  • Institut yoki oliy maktab faoliyatidagi asosiy muammolarni to‘g‘ri aniqlash;
  • tahlilning aniq dalillar, ko‘rsatkichlar va ma’lumotlarga asoslanganligi;
  • muassasaning kuchli va zaif tomonlarini to‘g‘ri baholash.

3. Strategik maqsadlar va transformatsiya yo‘nalishlari

  • Aniq va o‘lchanadigan strategik maqsadlarni belgilash;
  • institut transformatsiyasining ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish;
  • taklif etilayotgan strategiyaning milliy va xalqaro ta’lim standartlari hamda zamonaviy talablarga muvofiqligi.

4. Strategiyani amalga oshirish mexanizmlari

  • Bosqichma-bosqich yo‘l xaritasining mavjudligi;
  • vazifalarni bajarish muddatlarining aniq belgilanishi;
  • zarur moliyaviy, moddiy va inson resurslarini rejalashtirish;
  • kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar;
  • mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash va ularni boshqarish mexanizmlarining ishlab chiqilganligi.

5. Ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar

  • Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha aniq va innovatsion yechimlar;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar;
  • talabalar uchun yaratiladigan akademik va ijtimoiy imkoniyatlarni kengaytirish;
  • professor-o‘qituvchilar faoliyati va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar;
  • mavjud muammolarga amaliy, innovatsion va barqaror yechimlar taklif etilishi.

6. Taqdimot sifati va nomzodning kommunikativ salohiyati

  • Taqdimot materialining mantiqiy va izchil tuzilishi;
  • ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish;
  • fikrlarning asoslanganligi va ishonarliligi;
  • nomzodning o‘z pozitsiyasini aniq ifodalashi;
  • komissiya a’zolarining savollariga asosli va professional javob bera olishi.

Nomzodlardan taqdimot davomida nafaqat mavjud holatni tahlil qilish, balki kelgusi 5 yil davomida Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi va institut rivojiga qanday aniq hissa qo‘sha olishini, qanday natijalarga erishishni rejalashtirayotganini hamda ushbu maqsadlarga qanday mexanizmlar orqali erishishini asoslab berishlari kutiladi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling