Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
E'lonlar
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI BO‘YICHA QABUL BOSHLANDI

2026-07-15
6

(https://tanlov.samdpi.uz/) Samarqand davlat pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi. 🇰🇷 Janubiy Koreya – International University of Teaching Languages Qo‘shma magistratura dasturi Mutaxassislik: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Ta’lim tili: ingliz tili; Ta’lim shakli: kunduzgi; O‘qish modeli: 1 yil SamDPI + 1 yil Janubiy Koreyada; Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi; Qabul kvotasi: 10 nafar (to‘lov-kontrakt asosida); Talab: ingliz tilini kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat. 🇧🇾 Belarus davlat pedagogika universiteti Qo‘shma bakalavr dasturi Ta’lim yo‘nalishi: Boshlang‘ich ta’lim O‘qish modeli: 3 yil SamDPI + 1 yil Belarusda; Ta’lim tili: rus tili; Ta’lim shakli: gibrid (onlayn va oflayn); Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi. Qo‘shma magistratura dasturi Mutaxassislik: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) O‘qish modeli: 1 yil SamDPI + 1 yil Belarusda; Ta’lim tili: rus tili; Ta’lim shakli: gibrid (onlayn va oflayn); Diplom: ikki oliy ta’lim muassasasi diplomi. Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari Xalqaro ta’lim standartlari asosida tahsil olish; Ikki oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lish; Xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy ta’lim muhitida bilim olish; Xalqaro tajribaga ega, zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyati. Magistratura dasturida ish faoliyatini ta’lim bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi gibrid ta’lim shakli. Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, hamkor oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari haqida batafsil ma’lumot olish hamda hujjatlaringizni topshirish uchun quyidagi havolaga o‘ting: tanlov.samdpi.uz

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling