Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
E'lonlar
Abituriyentlar va bakalavriat bitiruvchilari diqqatiga!

2026-07-11
52

Abituriyentlar va bakalavriat bitiruvchilari diqqatiga!

O‘ZBEKISTON–BELARUS TA’LIM HAMKORLIGI: XALQARO QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI IMKONIYATLARI KENGAYMOQDA

Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida 2026/2027-o‘quv yili uchun qo‘shma bakalavr va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul boshlandi.

  Mazkur dasturlar xalqaro standartlar asosida ta’lim olish, xorijiy tajribani o‘zlashtirish hamda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagach ikki oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lishni istagan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.

Qo‘shma bakalavr ta’lim dasturi

Ta’lim yo‘nalishi: Boshlang‘ich ta’lim

Dasturning o‘ziga xos jihatlari:
• 3 yil Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olish;
• 1 yil Belarus davlat pedagogika universitetida tahsil olish;
• Ta’lim tili – rus tili;
• Ta’lim zamonaviy gibrid (onlayn va oflayn) shaklda tashkil etiladi;
• Bitiruvchilarga ikki oliygoh diplomi beriladi.

Qo‘shma magistratura ta’lim dasturi

Mutaxassislik: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)

Dasturning o‘ziga xos jihatlari:
• 1 yil Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olish;
• 1 yil Belarus davlat pedagogika universitetida tahsil olish;
• Ta’lim tili – rus tili;
• Ta’lim zamonaviy gibrid (onlayn va oflayn) shaklda tashkil etiladi;
• Bitiruvchilarga ikki oliygoh diplomi beriladi.

Dastur afzalliklari
Xalqaro standartlar asosida sifatli ta’lim olish imkoniyati.
Belarusning yetakchi pedagogika universitetida tahsil olish.
Ikki davlatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari diplomiga ega bo‘lish.
Xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlar asosida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish.
Magistratura dasturida ish faoliyatini ta’lim bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi gibrid ta’lim shakli.

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi! Qabul jarayonlari 2026-yil 20-avgustga qadar davom etadi

Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olib, kasbiy salohiyatingizni yangi bosqichga olib chiqing hamda xalqaro darajadagi diplom sohibiga aylaning.

Bog‘lanish uchun:
+998 95 826 82 20
@khamidzodaB

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling