Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
E'lonlar
Bakalavriat bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat!

2026-07-07
64

SamDPIda xalqaro qo‘shma magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha qabul boshlandi Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Janubiy Koreyaning International University of Teaching Languages universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Mazkur dastur bakalavriat bosqichini tamomlagan hamda magistratura bosqichida xalqaro darajadagi ta’lim olishni istagan nomzodlar uchun mo‘ljallangan. Bir yil Samarqand davlat pedagogika institutida, bir yil Janubiy Koreyada tahsil olib, bir vaqtning o‘zida ikkita diplomga ega bo‘ling! Dastur haqida Ta’lim darajasi: Magistratura Mutaxassislik: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Ta’lim tili: Ingliz tili Ta’lim shakli: Kunduzgi Qabul kvotasi: 10 nafar (to‘lov-kontrakt asosida) Talab etiladigan til sertifikati: Ingliz tili bo‘yicha kamida B2 daraja Dastur afzalliklari Samarqand davlat pedagogika instituti hamda International University of Teaching Languages universitetining diplomlariga ega bo‘lish imkoniyati. Xalqaro standartlar asosidagi ta’lim va ilmiy muhitda tahsil olish. Xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy ta’lim jarayonida bilim olish. Xalqaro akademik faoliyatni davom ettirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish uchun keng imkoniyatlar. Qabul kvotasi cheklangan! Xalqaro ta’lim imkoniyatidan foydalanish imkonini qo‘ldan boy bermang! Bog‘lanish uchun +998 95 826 82 20 @khamidzodaB

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling