Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qiladi:
|
Ixtisoslik shifri va nomi
|
Ajratilgan kvotalar soni
|
|
01.01.01-Matematik analiz
|
2
|
|
01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika
|
2
|
|
09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq
|
2
|
|
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
|
2
|
|
10.00.01-Oʻzbek tili
|
2
|
|
10.00.02-Oʻzbek adabiyoti
|
2
|
|
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
|
3
|
|
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
|
5
|
|
13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi
|
2
|
|
19.00.01 - Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi
|
1
|
Yuqoridagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)da o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda taqdim etadilar:
1. Qisqacha biografik maʼlumot;
2. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
3. Ilmiy jurnallarda nashr ettirilgan kamida 1 ta maqola va konferensiya to‘plamlarida nashr ettirilgan kamida 2 ta tezis;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
5. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
Hujjatlar 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: (93) 358-58-69.