Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Fuqarolar va talabalar murojaatlari doimiy nazoratda

Asosiy bo'lim
2026-02-13
5685

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tomonidan har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar va talabalar qabulining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu qabulda nafaqat fuqarolar, balki institut rektorining rasmiy telegram platformasi @samdpirektor_bot orqali murojaat yuborgan talabalar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar diqqat bilan ko‘rib chiqildi. Ba'zi murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha tekshiruv yoki vaqt talab etadigan masalalar esa belgilangan tartibda tegishli mas’ul bo‘limlar va mutaxassislarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar asossiz bo‘lib, ular yuzasidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlar natijasida taqdim etilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi aniqlangan. Shu sababli, murojaatchilarga institutning amaldagi tartib-qoidalari asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling