Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
AJDODLARGA HURMAT — KELAJAKKA EHTIROM

Tadbir
2026-02-13
6043

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida buyuk mutafakkirlar — Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “O‘zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Istanbul Kültür University professori, navoiyshunos olim Vahit Türk hamda Samarqand davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar Navoiy va Boburning boy ijodiy merosi, ularning tarixiy hamda adabiy faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan mehmonlarga litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling