Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Talabalar orasida diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir
2026-02-10
5921

Unda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodovlar yoshlarni yot g‘oyalar va zararli axborotlardan himoya qilish, ularda tanqidiy fikrlash va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, institutda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda halollik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling