Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli tadbir o‘tkazildi

shape shape shape
Tadbir Ma’naviy-marifiy tadbir
2026-02-09
6002

Samarqand davlat pedagogika institutida so‘z mulkining sultoni, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy hamda teatrlashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat maqom ansambli hamda viloyat musiqali drama teatri hamkorligida tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy-ilmiy merosi, ularning milliy ma’naviyatimiz va jahon madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha so‘z yuritib, bobokalonlarimiz qoldirgan ma’naviy xazina bugungi avlod uchun ham muhim tarbiya maktabi ekanini alohida ta’kidladilar.
🎶 Badiiy qismda Navoiy va Bobur qalamiga mansub g‘azal, ruboiy va she’rlardan namunalar mahorat bilan o‘qildi. Shuningdek, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, viloyat maqom ansambli hamda san’atkorlar tomonidan musiqiy chiqishlar ijro etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling