Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

shape shape shape
Tadbir
2026-02-07
5867

Unda kurs a’zosi, geografiya kafedrasi o‘qituvchisi D. Juraxujayev tomonidan “Muammoga asoslangan ta’lim (PBL) texnologiyasi: mohiyati va xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qilindi. Seminar davomida PBL texnologiyasining mazmuni, ahamiyati hamda o‘quv jarayonini real hayotiy muammolar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchi markazli yondashuv, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muammolarga yechim topish ko‘nikmalari muammoli vaziyatlar asosida tahlil etildi.
Seminar yakunida kurs mentorlariga professor-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiyalariga mos mashg‘ulotlarga yo‘naltirish bo‘yicha muammoli vazifa asosiy topshiriq sifatida belgilandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling