Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti Qozog‘istonning Qarag‘anda universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

shape shape shape
Tadbir Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2026-02-02
5778

Samarqand davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasi akademik E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetining qozoq tili kafedrasi professori Bektursin Kaliyev hamda Jurnalistika kafedrasi dotsenti Janar Ramazanovalar tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda kelgusidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, har ikki oliy ta’lim muassasasi negizida yozgi maktablar tashkil qilish hamda malakali mutaxassislar ishtirokini ta’minlash bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling