Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Cambridge University Press & Assessment markazi, shuningdek, bir qator xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

shape shape shape
Asosiy bo'lim Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2026-01-31
5776

Joriy yilning 25–31-yanvar kunlari Buyuk Britaniyada Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press & Assessment hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari uchun PRESETT Leadership Programme dasturi doirasida seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur dastur doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova va Cambridge University Press & Assessment markazi o‘rtasida pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, Cambridge tajribasi va malaka talablari asosida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press & Assessment hamkorligida tashkil etilgan PRESETT Leadership Programme dasturida ishtirok etgan Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ham o‘zaro hamkorlik bitimlari imzolandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling