Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI rektori Shahzoda Negmatova PRESETT Leadership Programme doirasida innovatsion ta’lim mashg‘ulotida ishtirok etdi

shape shape shape
Asosiy bo'lim Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2026-01-27
5763

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press and Assessment hamkorligida tashkil etilgan PRESETT Leadership Programme doirasidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda. 
Dastur doirasida bugun tinglovchilar uchun murabbiy Graham Seed tomonidan “PRESETT doirasida ingliz tilida innovatsiya” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda innovatsiya mavhum tushuncha sifatida emas, balki ta’limni loyihalash tamoyili sifatida yoritildi. Ishtirokchilar CEFR yondashuvi asosida o‘quv dasturlari va baholash tizimlarini zamonaviy pedagogika, raqamli hamda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish masalalari ustida ishladilar.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar mavjud ta’lim amaliyotlarini tahlil qildi, bo‘shliqlarni aniqladi hamda innovatsion yo‘l xaritalarini ishlab chiqdi. Mamlakatlar kesimidagi guruhlar mahalliy ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashib, innovatsiyaning global va mahalliy kontekstga bog‘liqligini namoyon etdi.
“Oldindan rejalashtirilgan ta’sir” yondashuvi asosida har bir muassasa o‘z sharoitida amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan aniq innovatsion loyihani belgilab oldi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling