Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

shape shape shape
Tadbir
2026-01-16
5670

Samarqand davlat pedagogika instituti bitiruvchi talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov ochib, dastur yoshlarni bandlik va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mustaqil hayotga tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Seminarda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasiga qarashli “Kelajakka qadam” markazi menejeri Akmal Abdumuratov hamda boshqarma rahbariyati ishtirok etib, bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, dasturdan muvaffaqiyatli foydalangan institut bitiruvchilari o‘z amaliy tajribalari bilan bo‘lishib, loyihaning yoshlar uchun yaratayotgan real imkoniyatlari va natijadorligini alohida ta’kidladilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling