Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

shape shape shape
Tadbir
2026-01-10
6019

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha quyidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokama qilindi:

Sadikova Yulduz Kamolovna – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida STEAM texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi;
Boysinov Soxibjon Sobirovich – aksiologik yondashuvlar asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi;
Pardayev Asror Ikromovich – oliy ta’lim talabalari orasida mediasavodxonlik orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish;
Ilmuradov Samadjon Xolberdiyevich – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirish metodikasi.

Muhokamalar savol-javoblar, ilmiy tahlillar hamda asosli takliflar bilan olib borildi. Seminar ishtirokchilari dissertatsiya ishlariga oid zarur tavsiyalar va ilmiy xulosalar bildirdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling