Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yangi yil muhiti va mo‘jizasi” shiori ostida yil yakunlariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

shape shape shape
Asosiy bo'lim Ma’naviy-marifiy tadbir
2025-12-25
6380

Tadbirda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda institut jamoasini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Joriy yilgi bayram dasturi o‘ziga xos shukuh, yangicha ssenariy hamda institut erishgan salmoqli yutuqlarning ko‘pligi bilan alohida ajralib turdi.

Rektor o‘z nutqida 2025-yil davomida institut faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar, joriy etilgan yangiliklar, qo‘lga kiritilgan yutuq va g‘alabalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, 2026-yilda ushbu natijalarni yanada mustahkamlash va yangi marralarni zabt etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling