Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari PRESETT dasturi doirasidagi seminar-treninglarda faol ishtirok etmoqda

shape shape shape
Tadbir
2025-12-20
6133

2025-yil dekabr oyida Britaniya Kengashi tomonidan PRESETT dasturi doirasida respublika oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan seminar-treninglarda Samarqand davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.

Mazkur seminar-treninglar davomida professor-o‘qituvchilar zamonaviy xorijiy tillarni o‘qitish metodikalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganib, ularni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

Ushbu ishtirok professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling