Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti tillar fakultetida QS xalqaro reytingida 58-o‘rinda qayd etilgan Malayziyaning Malaya universiteti delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

shape shape shape
Tadbir Xalqaro hamkorlik
2025-12-17
6444

Uchrashuvda fakultet rahbariyati, Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar qatnashdi. Tadbir ikki tomonlama akademik va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratildi.

Dastur doirasida O‘zbekiston va Malayziyaning milliy urf-odatlari, an’analari va madaniy merosini aks ettiruvchi madaniy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi hamda kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling