Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar oldi

Asosiy bo'lim
2025-12-11
6213

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi “Qorasuv-1” va “Qorasuv-2” massivlarida joylashgan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning shart-sharoitlarini o‘rgandi.

Tashrif chog‘ida rektor uylarning umumiy holati, qulaylik darajasi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, kuz–qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, issiqlik ta’minoti hamda elektr va gaz tizimlarining ishonchliligi bilan tanishdi.

Shuningdek, Shahzoda Negmatova talabalar bilan suhbat o‘tkazib, ularning ehtiyojlari, mavjud muammolari va takliflarini eshitdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling