Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI professor-o‘qituvchilari Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunladilar

shape shape shape
Xalqaro hamkorlik
2025-12-06
6513

Samarqand davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi mudiri Shuxrat Jumayev hamda kimyo kafedrasi assistenti Dilnoza Isaqovalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan 24-noyabrdan 5-dekabrga qadar Moskva davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, ushbu o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Kurs davomida professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish, fanlarni o‘qitishda ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarini yanada boyitdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling