Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

shape shape shape
MAINPAGE
2025-12-01
5977

Yig‘ilish davomida institutda ijro intizomini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, o‘quv va dars jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish, yotoqxona va ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan muntazam xabardor bo‘lib borish, turli ijtimoiy qatlamga mansub talabalar hamda ularning ota-onalari bilan ishlash jarayonida tyutorlar faoliyatidan samarali foydalanish, barcha yo‘nalishlarda volontyorlar faolligini oshirish, institut ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini qat’iy nazoratga olish kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling