Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02 raqamli Ilmiy kengashning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

shape shape shape
MAINPAGE
2025-11-28
5774

Yig‘ilishni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga muvaffaqiyat tiladi.

Dastlab Shermanov Isobek Chilmamatovichning “Biotexnologik jarayonlarning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish rivojiga ta’sir etish qonuniyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining himoyasi tinglandi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi masala — Mardonov Ravshan Subxanovichning “Ta’lim falsafasida inson omili (universitet ta’limi misolida)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining himoyasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida har ikki dissertantning ilmiy ishlarini himoya qilishi Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ma’qullanib, ular muvaffaqiyatli deb topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling