Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ordu universitetida “O‘zbek madaniyati va milliy liboslari” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

shape shape shape
MAINPAGE Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2025-11-19
5979

Tadbir ochilishida ikki davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng Ordu Universiteti rektori, professor Orhan Baş nutq so‘zlab, konferensiyaning maqsadi va ahamiyatiga to‘xtaldi hamda anjumanni rasman ochiq deb e’lon qildi.

So‘ngra Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, tashkiliy jarayonlar, xalqaro hamkorlikning bugungi bosqichi hamda mazkur tadbirning ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Anjuman doirasida “O‘zbek madaniyati va milliy liboslari” mavzusidagi ko‘rgazma ham tantanali ravishda ochildi.

Konferensiyaning keyingi qismida ikki muassasa vakillari o‘z ilmiy loyihalari va yirik tashabbuslari haqida ma’lumot berib, anjuman ishini davom ettirdilar. Bunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlar hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida institutimiz professor-o‘qituvchilari ijodiy chiqishlar namoyish etib, o‘zbek xalqining kuy-qo‘shiqlari, folklori va boy madaniy merosini tinglovchilarga yetkazdilar. Ayniqsa, tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulnora Mahkamovaning “O‘zbek milliy liboslari” mavzusidagi ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Ordu Universitetida tahsil olayotgan o‘zbek talabalari milliy liboslarda sahnaga chiqib, o‘z chiqishlari bilan konferensiyaning mazmun-mohiyatini yanada boyitdilar.

Konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling