Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Turkiyaning Ordu universitetida “O‘zbek tili va madaniyati” markazi tashkil etildi

shape shape shape
MAINPAGE Xalqaro hamkorlik
2025-11-19
6059

Ayni kunlarda Turkiyaning Ordu universitetida xizmat safarida bo‘lib turgan Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi rahbari — institut rektori, professor Shahzoda Negmatovaning tashabbusi bilan ushbu universitetda “O‘zbek tili va madaniyati” markazi ochildi.

Mazkur markaz universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va barcha qiziquvchilar uchun o‘zbek tili, tarixi va milliy madaniyatiga oid chuqur bilim olish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, markaz faoliyati O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling