Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda rektor maslahatchisi yoshlar faoliyati bilan tanishdi

Tadbir
2025-11-19
6239

Samarqand davlat pedagogika institutida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari hamda iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor maslahatchisi yoshlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ularning vazifalari va yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Shundan so‘ng kelgusi rejalar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling