Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Prorektorlar kengashi: ilg‘or tajribalar almashinuvi

shape shape shape
Tadbir
2025-11-18
6068

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot tinglandi. Shuningdek, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Axborot-resurs markazlari fondini yangi adabiyotlar va elektron o‘quv-uslubiy majmualar bilan boyitish, xalqaro standartlarga mos o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Pedagogika OTMlarida transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu yig‘ilishda Samarqand davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov ham ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling