Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda “Besh tashabbus” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

shape shape shape
Sport
2025-11-07
6121

Samarqand davlat pedagogika institutida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus” doirasida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro bellashib, o‘z sport mahoratlarini namoyish etdilar. Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Samarqand davlat pedagogika instituti,
🥈 2-o‘rin — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,
🥉 3-o‘rin — Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasiga nasib etdi.

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling