Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Rektor va yoshlar uchrashuvida bildirilgan murojaatlar ijrosi o‘rganildi

shape shape shape
Tadbir
2025-10-23
6536

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova mas’ul xodimlar bilan birgalikda institut binolari va hududlarining infratuzilma holatini o‘rgandi.

Jarayon davomida rektor va yoshlar uchrashuvida ilgari surilgan murojaatlar hamda berilgan topshiriqlarning bajarilish holati amalda ko‘zdan kechirildi.

Rektor haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik va o‘ymakorlik yo‘nalishlariga mo‘ljallangan o‘quv xonalarining bugungi holati bilan tanishib, mas’ullarga zarur tavsiyalar berdi hamda mavjud ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, institut hovlisida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganilib, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Rektor auditoriya sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan xonalardagi ta’mirlash jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli hamda belgilangan muddatda yakunlanishi zarurligini ta’kidladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling