Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Ona tilim – millat g‘ururi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

shape shape shape
Tadbir Ma’naviy-marifiy tadbir
2025-10-20
7099

21-oktabr — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda SamDU professorlari, tilshunos olimlar hamda o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan jonkuyar ziyolilar, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari, Milliy gvardiya xodimlari hamda “Jasorat” maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Dastur davomida “Milliy til – o‘zlik ramzi”, “O‘zbek tilining xorijiy mamlakatlarda o‘rganilishi” hamda “O‘zbek tilining bugungi holati va xalqaro miqyosdagi mavqeyi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.  Shuningdek, kitobxonlik tanlovi g‘oliblari va e’tirof egalari taqdirlandi. 

Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Yakunida esa ishtirokchilar o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling