Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan bir guruh ustozlarni bayram bilan tabrikladi!

Asosiy bo'lim Tadbir
2025-09-30
6531

Shahzoda Negmatova ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan bir guruh ustozlarni bayram bilan tabrikladi!

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi “Tojmahal” va “Zulfiya” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan, ta’lim sohasida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan bir guruh ustozlarni 1-oktabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Uchrashuv davomida rektor mehnat faxriylarining yuksak xizmatlarini e’tirof etib, ularga sihat-salomatlik, kuch-quvvat va oilaviy xotirjamlik tiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling