Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev Samarqand davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

shape shape shape
Tadbir
2025-09-22
6357

Tashrif davomida sport zallarining holati, oshxona va yotoqxonalarda o‘rnatilgan elektr hamda gaz jihozlarining sozligi, isitish tizimlarining samaradorligi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning xavfsizligi masalalari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yotoqxona hamda o‘quv binolarida yong‘in xavfsizligi vositalari va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiluvchi texnik jihozlarning ishlash darajasi ham tekshirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Hokim o‘rinbosari belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.

Yakunda kuz-qish mavsumini samarali tashkil etish, talabalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling