Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Mustaqillik shukuhi: yoshlar qalbiga bayram kayfiyati ulashildi!

shape shape shape
Asosiy bo'lim
2025-08-26
5563

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Samarqand shahridagi “Bog‘isaroy” va “Bog‘bonlar” mahallalarida istiqomat qiluvchi Hamrobonu Sharipova, Aziza Karimova, Behruz Isroilov va Mehdi Kambarovlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi hamda Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida rektor mazkur ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining qiziqishlari, orzu-intilishlari va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida o‘quv anjomlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling