Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi yakunlandi
Tadbir Sport Asosiy bo'lim
2025-05-13
8762
Musobaqaning final bosqichi uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti belgilandi. Mazkur institutda shaxmat bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar talaba ishtirok etdi. Badminton bo‘yicha musobaqalar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida tashkil etilib, 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqalarida ham 120 nafar talaba ishtirok etdi.
Bugun O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida musobaqalarning yakuniy natijalari e’lon qilindi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida institut rektori Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqadagi faol ishtiroklari bilan tabrikladi.
Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi bo'yicha tarbiya va o'qitish usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Manzil: Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy