Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida bo‘ldi

shape shape shape
Asosiy bo'lim
2025-05-03
6875

Tashrif doirasida viloyat rahbari oliy ta’lim muassasasining 2024/2025-o‘quv yili davomida amalga oshirgan faoliyati, erishilgan yutuqlari hamda istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut hududida barpo etilishi rejalashtirilgan zamonaviy, ko‘p qavatli o‘quv binosining loyihasi taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Adiz Boboyev institutda faoliyat olib borayotgan psixologik markaz faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Markazda yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda psixologik yondashuvlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling