Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun qulayliklar yaratiladi

shape shape shape
Asosiy bo'lim
2025-04-03
2560

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Samarqandga qilgan xizmat safari davomida  O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ham bo‘ldi.  

Institut rahbariyati vakillari hamda Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasimov hamrohligida vazir o‘rinbosari yangi qurilishi rejalashtirilayotgan o‘quv binosi hududi hamda kapital ta’mirdan chiqarilgan talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari qurilishi rejalashtirilgan binoning zamonaviy talablar asosida sifatli, qulay va shinam tarzda barpo etilishi lozimligini ta’kidlab, o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, loyiha doirasida ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlardan foydalanish muhimligini qayd etdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling