Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Eng yaxshi institut rektori” tanlovi g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

shape shape shape
Asosiy bo'lim
2025-01-28
4070

2024-yilgi “Yilning eng yaxshi rektori” VII an’anaviy ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi institut rektori” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tantanali ravishda taqdirlandi.

Ushbu nufuzli mukofot institut rektorining yoshlar tarbiyasi, ta’lim sohasidagi izchil yutuqlari hamda innovatsion yondashuvlari e’tirofi sifatida topshirildi. Marosim davomida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash | Rasmiy kanali” asoschisi Egamnazar Abdulboqiyev tomonidan professor Shahzoda Negmatovaga statuetka, faxriy diplom va universitet talabalari uchun 14 million so‘mlik sertifikat taqdim etildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonini keng yoritishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun kanal asoschisiga samimiy minnatdorchilik bildirilgan holda, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur marosim nafaqat ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishganlarni e’tirof etish, balki yosh avlodga ilhom va motivatsiya berish yo‘lida yana bir muhim qadamdir.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling