Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yillik yubileyi keng nishonlandi

shape shape shape
Tadbir
2025-01-18
4076

Anjumanda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Rustam Qobilov va Husan To‘xtayev, "Zarafshon" va "Самаркандский вестник" gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti birinchi prorektori Zarifa Mo‘minova, tarixchilar, olimlar va buyuk ma’rifatparvarning evarasi Shohruh Behbudiy Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, avlodlarga qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdi.

Konferensiyada O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professori Komil Haydarov "Sаmаrqаndlik mа'rifаtpаrvаr" mavzusida, institut o'qituvchisi Mirzoulug‘bek Yusupov "Mahmudxo‘ja Behbudiy va Saidrizo Alizoda jadid maktabining asoschilari" mavzusida va tarix kafedrasi mudiri Yo‘ldosh Isomiddinov esa "XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhit" haqida ma'ruzalar taqdim etdilar.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling