Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Fin tilini o'qitish markazi" ochiladi

shape shape shape
MAINPAGE Xalqaro hamkorlik
2024-03-13
1962

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Finlandiyaning IT xizmatlari ko'rsatuvchi "JH Smart Hub" kompaniyasi rahbari, tadbirkor Yani Havunen bilan uchrashuv o'tkazdi. 

O'zaro muloqot davomida kompaniyaga a’zo Finlandiyaning 20 ga yaqin oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy innovatsiyalar bo’yicha grant loyihalarini amalga oshirish, institut huzurida O’zbekistonlik yoshlarga "Fin tilini o’qitish markazi"ni tashkil etish kelishib olindi. Kelgusida mazkur ishlarni yo'lga qo'yishda olib boriladigan muzokaralar onlayn davom ettiriladi.

Kunning ikkinchi yarmida institut rektori va tadbirkor Yani Havunenni Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov qabul qildi.

Viloyat hokimi o'rinbosari institut va mazkur kompaniya hamkorligini qo'llab-quvvatlashini bildirib, kelgusida Finlandiya ta’limi bilan integratsiya jarayoni yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling