Hoziroq biz bilan bog'laning telefon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Tambov davlat universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

shape shape shape
Xalqaro konferensiya Tadbir
2024-04-25
3145

     Bugun O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti rektori Pavel Moiseyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

     Uchrashuvda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarda o'zaro integratsiyalashuvni yo'lga qo'yish, bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun almashinuv loyihalari, magistratura talabalari uchun esa 1+1 xalqaro ta'lim dasturlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi.

     Ushbu aloqalarni mustahkamlash va tizimli ravishda ish olib borish maqsadida ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling