Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
O‘zbekiston delegatsiyasi Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab faoliyati bilan tanishdi

Xalqaro hamkorlik
2026-10-17
128

O‘zbekiston–Ozarbayjon II rektorlar forumi doirasida bugun kunning ikkinchi yarmida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.


Mazkur maktab 2023-yil 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tantanali ravishda ochilgan. Ta’lim maskani O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Ozarbayjon xalqiga tuhfa sifatida barpo etilgan.


Dastur doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining milliy madaniyati va san’atini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi.


Ma’lumot uchun: Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabi 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Maktabda 40 ta sinf xonasi, zamonaviy laboratoriyalar, informatika xonalari, sport va majlislar zallari hamda kutubxona mavjud.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling