Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlar o‘rganildi

Tadbir
2026-07-15
177

SamDPIda giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlar o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyaning ustuvor maqsadlarini amalga oshirish, giyohvandlik hamda uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligi va millat genofondini samarali himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 13-iyul kuni Samarqand davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda institutda giyohvandlikka qarshi profilaktika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilgan targ‘ibot va ko‘rgazmalar, shuningdek, “Adolat qutilari” faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunida mavjud ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, profilaktika samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar hamda tegishli tushuntirishlar berildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling