Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalqaro hamkorlik
2026-06-22
4387

Ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alibek Gapparov Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida Alibek Gapparov Shenyan pedagogika universiteti Partiya qo‘mitasi kotibi Tzyan Fenchun bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, xitoy tilini o‘qitish va rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  Muloqot yakunida Samarqand davlat pedagogika instituti va Shenyan pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va ilmiy faoliyatda o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qiladi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling