Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Zikirillo Yazdonov Malayziyada xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

Xalqaro hamkorlik
2026-06-22
4448

2026-yil 19–26-iyun kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Malayziya Malakalar Agentligi (MQA – Malaysian Qualifications Agency) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida Samarqand davlat pedagogika instituti ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Zikirillo Yazdonov ishtirok etmoqda. Dastur doirasida MQA vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga amaliy tashriflar tashkil etilib, ularning ta’lim sifatini boshqarish, institutsional rivojlanish va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling